

Kecha xabar berganimizdek, futbolchi ikkinchi bor tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bir sutka davomida maxsus qurilma bilan harakatlangan legionyerdan bugun yurak faoliyatini nazorat qiluvchi qurilma olindi. Tibbiy markaz shifokorlari tahlil natijalarini dushanba kuni ma'lum qilishlarini bildirishdi. Shu sababli, futbolchini "Navbahor" safida maydonga tushish yoki tushmasligi so'roq ostida turibdi. Hafta boshida esa shifokorlarning xulosasidan keyin barcha masalaga oydinlik kiritiladi.



