"Navbahor" jarimaga tortildi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2022, 12:59
Namangan klubi farm-jamoa bilan bog'liq holat bo'yicha ikkinchi bor jarima to'laydi.

"Birinchi ligadagi ishtiroki orqali Pro liga yo'llanmasi uchun harakat qilayotgan "Navbahor-farm" 19-tur doirasida o'tkazilgan "Do'stlik Oltiariq" klubiga qarshi uchrashuv uchun shifokor olib kelmagan va o'z-o'zidan qaydnomadan shifokor o'rin olmagan. Bu esa Reglamentning 15.9-bandiga zid hatti-harakat hisoblanadi. 

Bunday holat "Navbahor-farm" bilan ikki marta kuzatildi. Birinchi bor jamoa birinchilikning 13-turidan joy olgan "Aral"ga qarshi o'yinga ham shifokorsiz kelib, jarimaga tortilgandi. Holat takrorlangani uchun klub avvalgisidan ikki marta ko'proq jarima to'laydigan bo'ldi. 

Bungacha mazkur band bo'yicha "Surxon", "Dinamo", "Qizilqum", "So'g'diyona", "Nasaf", "Neftchi", "Aral Samali", "Yangier", "Zomin" klublari ham bir martadan jarimaga tortilgan", – deyiladi O'zPFL xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz