"Navbahor" FK: Turg'unboevning shartnomasi yakunlanmagan

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2019, 20:20
Bugun "Paxtakor" klubi "Navbahor" futbolchisi Azizbek Turg'unboev bilan shartnoma imzolaganligini e'lon qildi.

"Vaholanki Azizbekni "Navbahor" bilan amaldagi shartnomasi mavjud. 2018 yilgi chempionat yakuniga etgach bir qator futbolchilar bilan amaldagi shartnoma muddatlari uzaytirilgan.  

Turg'unboev bilan ham amaldagi shartnoma uzaytirilib, 2020 yilgacha amalda bo'ladi. Shu sababli Turg'unboevni "Navbahor" futbolchisi deyishga asoslarimiz bor, - deb yoziladi "Navbahor"ning telegramdagi rasmiy kanalida.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia