"Navbahor" bir qator legionerlari bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025, 18:39
Bir necha legioner namanganliklar tarkibidan ketdi.

Bu haqda Championat.asia muxbiri Sherzod Nurmatov xabar berdi.

"Navbahor" legionerlari - Gilerme Gedesh, Igor Gabriel, Julio Sezar va Pedro Augusto bilan xayrlashgani aytilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, faqat tayanch yarim himoyachisi Benjamin Teydi jamoada qoladi. 31 yoshli Teydi yakuniga etgan mavsum "lochinlar" uchun 27 o'yinda 2185 daqiqa harakat qildi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq Timur Kapadze qo'l ostidagi "Navbahor" Umarali Rahmonalievga da'vogarlik qilayotgani aniq bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/uz_eksport