"Navbahor": Akbar Sattaev va Ruslan Kachur ko'rikdan o'tishadi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2014, 18:02
Bugun "Navbahor" ixtiyoriga yana yangi ikki futbolchi kelib qo'shildi.
Himoyachi Akbar Sattaev ("Guliston") va hujumchi Ruslan Kachur jamoa ko'rigidan o'tishadi. Bugungi "So'g'diyona"ga qarshi nazorat uchrashuvida ushbu o'yinchilarni murabbiylarimiz sinovdan o'tkazishadi. Sattaev nimalarga qodirligini Baxtiyor Ashurmatov yaxshi biladi. Futbolchi o'tgan mavsumda ham bosh murabbiyimiz qo'l ostida harakat qilgan. Joriy yilgi mavsumni Akbar Birinchi ligada "Guliston"da o'tkazmoqda.

Ukrainalik Ruslan Kachur esa yaqindagina Muborakning "Mashal" klubida ko'rikdan o'tayotgandi. Tez orada har ikki futbolchining taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz