Navas: "Real" bilan uch marta Chempionlar ligasida g'olib bo'ldim, endi zaxiradaman"

Aslanov Jasurbek
30 noya 2018, 17:45
"Real" darvozaboni Keylor Navas joriy mavsumdagi o'yin amaliyotidan norozi bo'lmoqda.

"Klub bilan ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g'olib bo'ldim, endi esa zaxira o'rindig'idaman" - deydi Navas.

Kostarikalik futbolchi 2014 yildan beri "Real" sharafini himoya qiladi. "Qirollik klubi" shu yilning yozida "Chelsi"dan Tibo Kurtuani sotib oldi va belgiyalik jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi.

Oldinroq, "Real" 31 yoshli posbonga yangi shartnoma taklif qilishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito