Natan Ake: "Gvardiola sovrinlar yutishga o'ch inson"

Mirjalol Normatov
3 noya 2020
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Klub uchun ajoyib murabbiy. "Manchester Siti"ga o'tishimning asosiy sababchilaridan biri - Gvardiola. U shartnomasini uzaytirsa a'lo darajadagi ish bo'lardi.

Albatta, ko'p narsa unga bog'liq. Biz ushbu mavsumda yuqori natijalarga erishmoqchimiz. U sovrinlar yutishga o'ch inson. Avvalo shu haqida o'ylash kerak. Qolgani bir gap bo'lar.

Gvardiolaning futbolchilar bilan ishlashini ko'rdim. U har bir futbolchiga o'sishda yordam beradigan ko'plab aspektlarni tushuntira oladi.

Tushunyapman va o'rganyapman. Bu erda Gvardiola bilan birga ishlash ishtiyoqida kelganman. Umid qilamanki, kelajakda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz", - dedi Ake.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal