"Nasaf"ning yosh futbolchilari Ukrainadan qaytishdi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 10:00
Ukrainada o'tkazilgan xalqaro xotira turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan “Nasaf” futbol maktabining 2000 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat jamoasi kecha Qarshi shahriga qaytib keldi.
“Markaziy” stadion oldida g'olib jamoa a'zolarini futbolchilaring ota-onalari, “Nasaf” jamoasi mutasaddilari karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi. Futbol maktabi rahbariyati, jamoa murabbiylariga ota-onalar tomonidan o'zgacha ehtirom ko'rsatilib, ularga zarbof to'n yopildi.

-Albatta mehnatimizning samarasini ko'rish barchamiz uchun yoqimli, -deydi “Nasaf” futbol maktabi rahbari Sergey Kucherenko. –Bizni bu kabi hurmat ehtirom bilan kutib olishlarini kutmagandik. Klub rahbariyati musobaqada qatnashishimiz uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Biz ham o'z navbatida kubok bilan ortga qaytdik. Bu musobaqa yoshlarimiz uchun o'ziga xos ko'rik vazifasini o'tab berdi. O'ylaymanki, yil oxiriga qadar futbol maktabimiznning boshqa guruhlari ham shu kabi xalqaro turnirlarda ishtirok etib, O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga ko'tara olishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz