"Nasaf"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga Bekobodda barham berildi

Narzulla Saydullayev
16 may 2016, 19:23
Oliy liganing 9-turida "Nasaf" safarda "Metallurg"ga mag'lub bo'ldi - 0:1.

Shunday qilib, "ajdarlar" bu mavsumda oliy ligada birinchi bor mag'lub bo'lishdi.

Dastlabki 8ta turda "Nasaf" 7ta g'alaba va 1ta durang qayd etgandi.

Oliy liganing 9-turiga kelib chempionatda mag'lub bo'lmagan ikkita jamoa qoldi. "Bunyodkor" va "Lokomotiv" 8ta g'alaba va 1tadan durang qayd etib musobaqa jadvalida qo'shhokimlik o'rnatishdi.

Oliy liga. Musobaqa jadvali


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia