"Nasaf"ga qachon kumush medallar topshiriladi? Qachon shartnomalar uzaytiriladi?

Narzulla Saydullayev
4 fev 2021, 17:11
Qarshining "Nasaf" klubidagi vaziyat barchamizni tashvishga solayotgani bor gap.

Bugun ikkinchi yig'inni boshlashi kerak bo'lgan "Ajdarlar" moliyaviy muammolar tufayli yig'ilishmadi ham. Allaqachon fevral oyi kirib keldi, bir oydan so'ng yangi mavsum boshlanadi, biroq "Nasaf"chilar 2020 yilgi kumush medallarini ham qabul qilib olishgani yo'q. Qizig'a? Murabbiylar shtabi va bir qator yetakchi futbolchilarning shartnomalari 31 dekabr kuni yakuniga etgan, biroq hamon shartnomalar uzaytirilgani yo'q. 

Bu qachongacha davom etadi? Shu savol bilan klub bosh direktori Sergey Kucherenkoga qo'ng'iroq qildik. Sergey Petrovich bugun shu masalada uchrashuv bo'lishini ma'lum qilib ertaga, 5 fevral kuni tushdan so'ng savollarimizga batafsil javob berishini ma'lum qildi. Bosh direktorning aytishiga qaraganda ertaga murabbiylar shtabi bilan shartnomalar uzaytirish borasida muzokara bo'lib o'tadi. 

Demak, ertaga bu borada ijobiy javob bo'lishiga umid qilamiz. 


Narzulla Saydullaev




Reklama



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia