“Nasaf” jamoasi “Mashal” va “Qizilqum” bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2014, 11:52
Bir haftadan buyon mashg'ulotlarni Qarshi shahrida davom ettirayotgan "Nasaf" futbolchilari ertaga Yangiyerda "Mashal" bilan kuch sinashishadi.
Bu haqda "Nasaf" PFK rasmiy tvitter sahifasida xabar tarqatildi.

"Bugun futbolchilarimiz Qarshidan Toshkentga, ertaga poytaxtimizdan Yangierga qarab yo'l olishadi.

"Nasaf" - "Mashal" uchrashuvi soat 12:00 da boshlanadi. "Nasaf" futbolchilarining keyingi nazorat uchrashuvi 8 mart kuni Navoiyda, mahalliy "Qizilqum" jamoasiga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan",-deyiladi xabarda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz