"Nasaf": "Vorskla"ga qarshi o'yinda darvozani Eldor Suyunov qo'riqladi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2014, 11:09
Turkiyadagi to'rtinchi nazorat uchrashuvida futbolchilarimiz “Vorskla”ga qarshi maydonga chiqishdi.
Ushbu uchrashuvda jamoamiz murabbiyi Gevorkyan, Yunusov  singari yetakchi futbolchilarimizni maydonga tushirmadi. Aksincha, yoshlarga ko'proq e'tibor qaratildi.  

Uchrashuv taqdiri amalda birinchi bo'limda hal etildi. “Vorskla”ning makedoniyalik hujumchisi Adis Yakovich dastlab himoyachilarimiz xatosidan foydalanib hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik ikkinchi to'pni ham darvozaga aniq yo'llashga erishdi – 0:2.

Ikkinchi bo'limda Maqsud Karimov va  Azamat Allaniyazovda raqib darvozasini ishg'ol etish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Ammo omad shu kuni raqib tomonida bo'ldi.

“Vorskla”ga qarshi o'yinda quyidagi futbolchilar maydonga chiqishdi:

“Nasaf”: Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov, Maqsud Karimov, Botir Qoraev, Farruh Sayfiev, Erkin Boydullaev, Ulug'bek Dadaboev, Laziz Ubaydullaev, Kenja To'raev, Igor Taran.
Zaxiradan maydonga chiqqanlar: Mixail Naumov, Azamat Allaniyazov, Sherzod A'zamov, Odil Hamrobekov, Najmiddin Normurodov,  Obid Mamotov, Mirzamurod Jo'raboev, Doniyor Narzullaev.

Futbolchilarimiz yig'in doirasida so'nggi nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Karpati” jamoasi bilan o'tkazishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz