Nasaf logotipi o'zgardi!

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2020, 17:42
Xabaringiz bor, Nasaf jamoasi Coca-Cola Superligasi 9- turida Qo'qonning “Qo'qon-1912“ jamoasi mehmoni bo'lgandi (2:2).

Aynan shu bellashuvda ajdarlar o'zlarining yangi formalarida harakat qilishdi. E'tibor qilgan bo'lsangiz yangi formada jamoaning yangi ramzi aks ettirilgan.

O'zingizga ma'lum, jamoa 2009-2011 yillardagi sport formasida ajdar ramzi tushirilgan logotipdan foydalangan edi. Jamoaning xalq orasidagi nomi ham aynan ajdarlar deb yuritiladi. Klub rahbariyati mavsum avvalida ko'p sonli muxlislarning takliflarini inobatga olgan holda yana ushbu ramzga yangicha ruhda qaytishni niyat qilgan edi. Ammo butun dunyo bo'ylab yoyilgan koronavirus pandemiyasi tufayli rejalarni biroz cho'zib turishga to'g'ri keldi.

Jamoa logotipida ajdar timsolining aks etishi ham Qarshi shahri tarixiga borib taqaladi. 2006 yilda Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyi nishonlanganida xabaringiz bor. Aynan Qarshi tarixini o'rganish jarayonida Qarshi yaqinidagi Erqo'rg'on tepaliklaridan ajdar timsoli aks ettirilgan tangalar topilgan!

Quyida "Nasaf"ning yangi logotipini havola etamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz