"Nasaf": Klubimizga OFK maslahatchisi tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2017, 20:05
Bugun "Nasaf" klubi qarorgohiga Osiyo Futbol Konfederatsiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha maslahatchisi Elnur Mammadov tashrif buyurdi.

Elnur Mammadovga O'zbekiston futbol federatsiyasi marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov hamrohlik qildi. Mehmonlar “Markaziy” stadionni ham ko'zdan kechirishdi va stadionda muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek mehmonlar klub marketing xizmati xodimlari, matbuot xizmati va boshqa bo'lim xodimlari bilan davra suhbati o'tkazdilar. Suhbat chog'ida mavjud sharoitlar foydalanib, kelgusida yana qilinadigan ishlar to'g'risida qimmatli maslahatlar berildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz