"Nasaf" futbolchisi "Qo'qon-1912" jamoasining to'laqonli a'zosiga aylandi

Khoja
7 dek 2025, 11:05
O'tgan mavsumni ijara asosida "Qo'qon-1912" safida o'tkazgan Shahzod Akramov yangi mavsumni ham vodiy jamoasida o'tkazadi.

"Nasaf" bilan shartnomasi yil so'nggida yakuniga etadigan himoyachi "Qo'qon-1912" bilan yangi shartnoma imzoladi. Biroq bu safar himoyachi ijara asosida emas, balki erkin agent sifatida qo'qonliklar safiga borib qo'shiladi.

21 yoshli himoyachi yakunlangan mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasi safida jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va assist qayd etdi.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia