

Ana shu uchrashuvni o'tkazish uchun jamoamiz bugun erta tongda Toshkent – Farg'ona aviayo'nalishi orqali Farg'ona shahriga yetib kelishdi va o'zlari uchun ajratilgan mehmonxonaga joylashishdi.
Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bugunning o'zida bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik yuzasidan mashg'ulotlar ham o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi ertaga 26 mart shanba kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.



