

22 yoshli himoyachining o'tgan mavsum davomida oyog'ida og'riq bo'lgan va shu sababli shifokorlar operaciya qilishga qaror qilgan. Futbolchining safga qachon qaytishi jarrohlik amaliyotidan so'ng ma'lum bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Alibek Davronov o'tgan mavsum Superliga bahslarida 22 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 3 ta gol bor.




