"Nasaf" ertaga ko'k libosda maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2018, 14:13
Bugun shuningdek “Nasaf” – “Al Vasl” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida yig'ilish (miting) ham bo'lib o'tdi.

Yig'ilish Qarshidagi “Markaziy” stadionda o'tkazildi. Mitingda bir qator tashkiliy masalalar qatori, ertaga bo'ladigan “Nasaf” – “Al Vasl” uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishi haqida ham o'zaro kelishib olindi.

Demak, ertaga “Nasaf” futbolchilari  ko'k rangli liboslarda maydonga tushadi. BAAning “Al Vasl” jamoasi futbolchilari esa sariq rangli liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz