"Nasaf" Aziz G'aniev borasida rasmiy ma'lumot berdi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2020
"Nasaf" klubi matbuot xizmati Azizjon G'aniev borasida BAA klubi bilan muzokara o'tkazayotganini e'lon qildi.

"Xabaringiz bor, sport OAV larida Azizjon G'anievning transferi amalga oshganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Xaqiqatdan ham Azizjon G'aniev borasida xorijiy klub bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agarda tomonlar shartnoma bandalarini kelisha olishsa G'aniev legionerga aylanadi. Transfer amalga oshsa, bu haqida siz aziz muxlislari xabardor qilamiz", - deb yoziladi "Nasaf"ning telegramdagi rasmiy kanalida. 

Ma'lumot uchun, oldinroq championat.asia saytida Azizjon G'aniev BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga ko'chib o'tgani haqida xabar berilgan edi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia