"Nasaf" 31 yoshli serbiyalik yarim himoyachini PFLdan ro'yxatdan o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2020, 13:38
Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" bilan bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa serbiyalik yarim himoyachi Marko Stanoevichni PFLdan ro'yxatdan o'tkazdi. Bu haqda PFL Bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z sahifasida ma'lum qildi. 31 yoshli futbolchi 2019 yilgi mavsumda Qozog'istonning "Irtish" klubi sharafini himoya qilgan edi.


Marko Stanoevich
Tug'ilgan yili:
22.06.1988
Fuqaroligi: Serbiya
Bo'yi: 1,80 m
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari:

"Sopot" (Serbiya) (2006-2008)
"Laktasi" (Serbiya) (2008-2009)
"Rad" (Serbiya) (2009-2012)
"Sherif" (Moldova) (2012-2014)
"Simurg'" (Ozarbayjon) (2014-2015)
"Al Fateh" (Saudiya Arabistoni) (2015)
"Rad" (Serbiya) (2016-2017)
“Shaxtyor” (Qozog'iston) (2017-2018)
“Astana” (Qozog'iston) (2018)
“Levadoakos” (Gretsiya) (2018-2019)
“Irtish” (Qozog'iston) (2019)


Eslatib o'tamiz, "Nasaf" 1-turni 1 mart kuni Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia