Narzulla Saydullaev: "Anchelotti bugun Gvardiolani mag'lub etadi"

Narzulla Saydullayev
23 apr 2014
Tunda bo'lib o'tadigan Yevropa chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Real" - "Bavariya" uchrashuvidan oldin saytimiz xodimlari o'z fikrlarini bildirishdi.
"Bugun qiziqarli o'yin kutayotganlar adashishadi. Bugun natija asosiy planga chiqadi. Ikkala jamoa ham tavakkal qilgisi kelmaydi. O'yinda "Real"ning asosiy kuchi hisoblangan Ronaldu ishtirok eta olsa g'alaba Madridda qoladi. Aksi bo'lsa nima bo'lishini taxmin qilish juda qiyin. Menimcha bugun Karlo Anchelotti Xosep Gvardiolani taslim qiladi.

"Bavariya"ning o'yinida pasayish kuzatilmoqda. Bundan tashqari "Bavariya"ga yana bir fakt xalal berishi mumkin - hech bir klub ketma-ket ikki marta Yevropa Chempionlar ligasida g'olib chiqa olmagan. Taxminimcha bu anana saqlanib qoladi".

Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia