"Napoli" xavbeki jarohat oldi

Alisher
13 dek 2021, 11:01
"Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski "Empoli"ga qarshi A Seriya 17-tur doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

27 yoshli futbolchi 22-daqiqada jarohat oldi va uning o'rniga Lorenco Insine maydonga tushirildi.

Polsha terma jamoasi xavbekning jarohati va tiklanish muddati tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Zelinski joriy mavsum A Seriya doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia