"Napoli" vingeri koronavirusdan keyin yuragi bilan bog'liq muammolarga duch keldi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2022, 20:53
Neapol klubi qanot hujumchisi Adam Unas noma'lum muddatga safdan chiqdi.

Futbolchi Jazoir terma jamoasi ixtiyorida koronavirusga chalingan, shundan so'ng uning yuragida muammo paydo bo'lgan.

Shu sababli vinger Afrika millatlar kubogida birorta o'yinda maydonga tushmadi. 

25 yoshli Unas joriy mavsumda "Napoli" uchun 14 o'yinda 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato