"Napoli" va de Bryuyne shartnoma tafsilotlarini muhokama qilishga tayyor, yarim himoyachining oilasi xohishlari inobatga olindi

Aslanov Jasurbek
14 may 2025, 13:05
Kevin de Bryuyne mavsum yakunidan so'ng "Napoli" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Neapolliklar "Manchester Siti" yarim himoyachisi bilan muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishdi, u iyun oyida erkin agentga aylanadi.  

"Napoli" va 33 yoshli belgiyalik futbolchi shartnoma tafsilotlarini muhokama qilishi borasida gap-so'zlar tarqalgan va italiya klubi de Bryuyne rozilik bildiradi, degan umidda.  

Shuningdek, muzokaralar jarayonida "Napoli" futbolchining oilasining uy-joy va logistika borasidagi xohishlarini inobatga olmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia