Napoli Uelbek uchun 12 million evro to'lashga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
1 may 2014, 20:40
Manchester Yunayted hujumchisi Danni Uelbek Napoli jamoasi qiziqishlari doirasida.

Neapolliklar sport direktori Rikkardo Bigon 23 yoshli futbolchidan Italiyada o'ynash qiziq-qiziqmasligini so'rashga ulgurgan.

Xabar qilinishicha, "Napoli" hujumchi uchun 12 million evro to'lashga tayyor.

Avvalroq esa, Uelbekka "Arsenal" va "Tottenhem" jamoalari tomonidan qiziqish bildirilayotganligi haqida xabar qilingan edi.

Futbolchi ushbu mavsumda 23 ta o'yinda 9 ta gol kiritgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru