"Napoli" "Real" hujumchisi uchun 45 mln evrodan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
18 iyul 2018, 13:19
"Real" forvardi Karim Benzema faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, 30 yoshli fransiyalik futbolchi "Napoli"ning transferlar short-listiga tushib qolgan. Neapolliklar futbolchi uchun 45 mln evrodan voz kechishga tayyor turibdi.

O'tgan mavsumda Benzema "Real" tarkibida 32 uchrashuvda qatnashib, 5 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail