"Napoli" Pyanichga qiziqmoqda

Alisher
18 may 2022, 18:05
"Napoli" "Barselona"dan yarim himoyachi Miralem Pyanichni xarid qilmoqchi.

Futbolchi ushbu mavsumni ijara asosida "Beshiktosh"da o'tkazmoqda. Pyanich 9 yil Italiyada o'ynagan, besh yili "Roma"da, to'rt yili esa "Yuventus"da. Futbolchining keyingi klubi "Napoli" bo'lishi mumkin.

Ammo, yarim himoyachida Kataloniya klubi bilan qimmat shartnoma bor. Kelishuv ikki yildan so'ng yakuniga etadi. Shu sabab ijara varianti amalga oshishi haqiqatga yaqinroq.

Futbolchi joriy mavsum Turkiya chempionati dorasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport