"Napoli" prezidenti Anchelottini qaytarishni istaydi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020, 15:57
"Napoli" bosh murabbiyi Aurelio de Laurentis jamoani boshqarayotgan Jennaro Gattuzoning natijalaridan mamnun emas.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klub egasi italiyalikni iste'foga chiqarib, Karlo Anchelottini qaytarishni istaydi.

Anchelotti dekabr oyining boshida jamoadan iste'foga chiqarilgandi. Ayni damda u "Everton"ni boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 5 o'yinda 3 g'alaba qayd etdi.

Ayni damda "Napoli" 20 o'yinda 24 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 13-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport