"Napoli" Deulofeu uchun "Udineze"ga 15 mln evro taklif qildi

Alisher
15 iyun 2022, 16:04
"Napoli" "Udineze" hujumchisi Jerar Deulofeuning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, neapolliklar 28 yoshli ispaniyalik uchun 15 million evro va turli xil ehtimoliy bonuslar taklif etishdi.

Futbolchining o'ziga 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma va 2,5 million evro maosh taklif qilindi.

Deulofeu 2021/22 yilgi mavsum "Udineze" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira