"Napoli" "Bavariya"ga o'tayotgan Min Je o'rniga boshqa bir osiyolik himoyachini sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
10 iyul 2023, 11:14
Italiya chempioni "Napoli" Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Ko Itakurani xarid qilmoqchi.

Neapolliklar Yaponiya terma jamoasining 26 yoshli o'yinchisi uchun 12 mln evro taklif qilishga tayyor. Nemis klubi esa uni 15 millionga baholamoqda. Bu haqda "Sky Sport Germany"ga tayangan holda "Football Italia" xabar bermoqda.

"Napoli" Itakuraga "Bavariya"ga o'tayotgan (50 mln evro evaziga) Kim Min Jening o'rinbosari sifatida qaramoqda.


"Bavariya" Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisini sotib oldi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia