"Napoli" Bakayokoni "Chelsi"dan ijaraga olmoqchi. Xavbekka shuningdek, PSJ va "Gerta" qiziqmoqda

Alisher
2 okt 2020, 13:39
"Napoli" "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko uchun kurashga qo'shildi.

Neapolliklar 26 yoshli fransiyalik futbolchining ijarasi borasida muzokaralar olib borishmoqda.

"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Bakayoko bilan "Milan"dagi faoliyati orqali tanish. Xavbekka shuningdek PSJ va "Gerta" klublari qiziqmoqda.

Bakayoko o'tgan mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com