“Napoli” asosiy futbolchisidan ikkita o'yinga ayrildi

28 sen 2019, 09:30
Kalidu Kulibali chetlatildi.

“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali Italiya chempionatining 5-turidan o'rin olgan “Kalyari”ga qarshi bahsda sportga xos bo'lmagan harrakatlari uchun qizil kartochka bilan jazolangan edi. Ma'lum bo'lishicha, Kulibali uchrashuv hakami Marko di Belloni haqorat qilgan. Shu boisdan unga to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, himoyachi mazkur ishi uchun 2 ta o'yinga diskvalifikaciya oldi. Kamiga 10 ming evro jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazette dello Sport