"Nant" klubi: Ehtiyot bo'l, "Yuve"

8 iyun 2017, 17:29
Fransiyaning "Nant" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi "Yuventus"ga murojaat qildi.


Gap shundaki, "Yuventus" yaqindagina bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan shartnomani 2020 yilga qadar uzaytirgach, "Nant" klubi bunga javoban turinliklarga ehtiyot bo'lmog'i lozimligini o'qtirdi.

Tvittyerda Allegri bilan shartnoma uzaytirilgani haqidagi tvitga javoban "Nant"ning tvittyerdagi sahifasi shunday yozadi: "Ehtiyot bo'l, "Yuventus"!



Nega "Nant" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi "Yuventus"ga bunday yozdi?
Bunga sabab, yaqinda "Nant" jamoasi bosh murabbiyi Serjio Konseysao ham klub bilan 2020 yilga qadar shartnoma uzaytirishga kelishib qo'yib, keyinchalik esa kutilmaganda jamoani tark etdi va "Portu"ni o'z boshqaruviga oldi. Bundan esa g'azablangan "Nant" klubi "Yuventus"ga Allegrini qo'ldan chiqarib qo'yma, ehtiyot bo'l, deb maslahat berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia