Nagelsmann Ronaldu haqida: "Yoshiga qaramasdan, u hali ham juda xavfli, darvoza oldida va havoda kuchli. Germaniya ehtiyotkor bo'lish kerak"

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2025, 17:49
Yulian Nagelsmann Krishtianu Ronaldu maydonda hali ham xavfli deb hisoblaydi.

Germaniya terma jamoasi bugun Millatlar Ligasi 1/2 finali doirasida Portugaliya jamoasiga qarshi o'ynaydi.

"U hali ham kuchli, bu ko'p yillar davom etmoqda. Bunday darajada shuncha vaqt o'ynash – juda qiyin. Ronaldu nihoyatda ko'p gol urgan va o'ynagan jamoalariga katta ta’sir ko'rsatgan.

Umid qilamanki, bugun u o'yinga katta ta’sir ko'rsatmaydi. Yoshiga qaramasdan, u hali ham juda xavfli, darvoza oldida va havoda kuchli. Biz ehtiyotkor bo'lishimiz kerak", – dedi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/iMiaSanMia