Nagelsmann Germaniya terma jamoasini Evro-2024 ga qadar boshqaradi

Sherzod Nurmatov
19 sen 2023, 16:31
Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi, deb xabar berdi "Bild".

Germaniya Futbol Assotsiatsiyasi o'z uyida o'tkaziladigan Evro-2024 ga qadar termani boshqarib turadigan bo'ldi. Muzokaralarda so'nggi tafsilotlarga aniqlik kiritish qoldi xolos.

Nagelsmann yiliga 4 million evro oladi. Yulianga yiliga 7 million evro olib kelgan "Bavariya" bilan shartnoma tovonsiz bekor qilindi. Evro-2024dan keyin u yana erkin agentga aylanadi.

36 yoshli mutaxassis bungacha "Xoffenxaym", "Leyptsig" va "Bavariya" klublarini boshqargan. Terma jamoada u o'rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga qarshi o'yinda 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan va so'nggi 17 ta uchrashuvda atigi 4 ta g'alabadan so'ng iste'foga chiqarilgan Xans-Diter Flikning o'rnini egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild