

"Real" himoyachisi Nacho Fernandes o'z qadrdon klubi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Nachoning amaldagi shartnomasi shu yil iyun oyida yakunlanishi kerak edi.
"O'z klubim va oilam bilan qo'l ushlashib ketmoqdaman. Boshqa klublardan takliflar etarlicha, ammo men yana bir yil klubda qolishga qaror qildim. Bundan juda ham xursandman", -deydi Nacho Fernandes.
Ma'lumot uchun, Nacho "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun faoliyatini Madrid klubida o'tkazgan.



