MYU Bayindirning kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
26 fev 2026
Altay Bayindir yozda Turkiyaga qaytadi.

"Fanatik" nashri ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" kiperning xaridi borasida "Beshiktosh" bilan kelishuvga erishgan. Bayindir "Beshiktosh"da yiliga 2 million evro maosh oladi. Turk klubi transfer uchun MYUga 5 million evro to'laydi.

Bayindir Manchester jamoasiga qadar "Fenerbahche"da faoliyat olib borgan.

MYU tarkibida u umumiy hisobda 10 o'yinda qatnashib, 21 bora darvozasidan to'p olib chiqdi va 1 marta "quruq o'yin" o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fanatik