MYUning 2 nafar futbolchisi terma jamoa lagerida jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 17:29
Mankunianlarda yana kadrlar muammosi yuzaga keldi.

"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana va vinger Markus Reshford terma jamoalari ixtiyorida jarohat olishdi. Bu haqda "TalkSPORT" xabar bermoqda.

Futbolchilarga etkazilgan zarar miqdori va ularning tiklanish muddati noma'lum. Avvalroq Daniya terma jamoasi futbolchilari Rasmus Xoylund va Kristian Eriksen jarohat olishgandi. Ikkinchisining jarohati og'ir – u uzoq muddatga safdan chiqqan.

"Manchester Yunayted" xalqaro tanaffusdan keyingi ilk o'yinini 26 noyabr kuni safarda "Everton"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT