Myullerga Xitoydan da'vogar chiqdi

11 okt 2019, 08:49
Tomas “Bavariya”dan ketishi mumkin.

30 yoshli Tomas Myuller avvalroq Myunxen klubi baxtli emasligini, maydonga kam tushayotgani sabab jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirgandi. Qayd etilishcha, Myullarga Xitoy klublaridan biri da'vogarlik qilmoqda. Faqat hozircha ushbu klubning nomi oshkor etilmayapti.

Oldinroq esa “Liverpul”, “Arsenal” hamda “Inter” futbolchi uchun kurash olib borishi mumkinligi aytilgandi.

Myuller joriy mavsum Bundesligada 7 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Kicker