Myuller: "Gvardiola bilan solishtirganda Anchelotti ancha odamiyroq"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2016, 11:44
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller jamoaning hozirgi ustozi Karlo Anchelotti va myunxenliklar sobiq ustozi Xosep Gvardiolani solishtirdi.

"Anchelotti futbolchilarga yaqinroq. U o'yinchilar bilan yaxshi munosabatda. Gvardiolaga solishtirganda Karlo ancha odamiyroq. Gvardiola esa o'z olamida yashar edi. U har qanday vaziyatda to'g'ri qaror chiqarish uchun qanday qilib ikki yoki uch metr yutish mumkinligi haqida o'ylardi. Gvardiola aqldan ozgan edi, ammo yaxshi manoda" - deydi Myuller.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild