Myuller: "Gvardiola "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishiga umid qilyapmiz"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2015, 13:16
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub bilan kelishuvni uzaytirishiga umid qilyapti.

"Biz barchamiz Gvardiola "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishiga umid qilyapmiz. Uning amaldagi shartnomasi 2016 yilgacha belgilangan. Shu sababli, havotirlanishga sabab yo'q. Ko'ramiz nima bo'lar ekan. "Bavariya" murabbiyi bo'lish yaxshi, ammo undan yirik natijalar talab qilinadi" - deydi Myuller.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com