MYUga qarshi o'yindan oldin PSJ jazolanishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 16:53
YCHL guruh bosqichi doirasida "Crvena Zvezda" jamoasiga qarshi o'yin vaqtida muxlislari o'zini yomon tutgani uchun PSJ jazolanishi mumkin.

Parijliklar muxlislari o'yin vaqtida policiyachilarga tutun chiqaruvchi qurollar otishgan. Yevropa futbol assotsiatsiyalari kengashi hozir ham bu borada muhokamalar olib borishmoqda.

"L'Equipe" nashri xabariga ko'ra, PSJ YCHL 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi uy o'yinini muxlislarsiz o'tkazishi mumkin.

Takidlash kerak, tomonlarning ilk o'yini 12 fevral kuni "Old Trafford"da, javob uchrashuvi esa 6 mart kuni "Park de Prens"da o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports