MYUga qarshi o'yindan oldin "Arsenal"da katta yo'qotish

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 22:55
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil yana bir o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Bu haqda "kanonirlar" bosh murabbiyi Unai Emeri xabar berdi.

"Yakshanba kuni aytib o'tganimdek, Mesutning beli og'rimoqda. U Kievda ham o'ynamadi, shuningdek, "Tottenxem"ga qarshi bahsda bizga yordam bera olmadi. O'zil hozirda yakka tarzda mashg'ulot olib bormoqda. Menimcha u "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qatnashmasa kerak", - dedi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports