MYU yarim himoyachisi Mourinyu va Pogba mashg'ulotda video tufayli janjallashganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018, 12:08
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra OAVda paydo bo'lgan ma'lumotlarni tasdiqladi.

Oldinroq, "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyu va yarim himoyachi Pol Pogba mashg'ulotda janjallashgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Mag'lub bo'lganimizdan so'ng, odamlar Pogba o'yindan so'ng ijtimoiy tarmoqqa video joylagani haqida gapira boshlashdi. Ammo bu ish avvalroq bo'lgandi. Murabbiy ham video mag'lubiyatdan so'ng paydo bo'ldi deb o'yladi va Poldan nega bunday bo'lganini so'radi. Hamma shuni muhokama qildi. Angliyada bunday narsalarga katta e'tibor beriladi, ammo mening bu bilan ishim yo'q.

Mourinyu va futbolchilar o'rtasida munosabatlar yaxshi, hammasi joyida. Biz bosimni his qilmayapmiz. Ko'pchilikning aytishicha, tez orada uni iste'foga chiqarishar ekan, ammo bunday deb o'ylamaymiz. Joze bizning murabbiy va u uchun maydonda jon berishga tayyormiz. Hozir barcha futbolchilar xotirjam va baxtli" - deydi Pereyra.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo