MYU Varanni xarid qilishga yaqin. "Real" himoyachisining transferi 50 mln evroga baholanmoqda

Alisher
1 iyul 2021, 18:01
"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Rafael Varanning transferi ustida ishlamoqda.

Angliya klubi bitimni rasmiylashtirishga yaqin. "Real" uning shartnomasi bir yildan so'ng yakunlanishini hisobga olib, futbolchini yaxshi narxga sotishga tayyor.

MYU shuningdek "Vilyarreal"dan Pau Torresning ham nomzodini ko'rib chiqqan edi, ammo Fransiya terma jamoasining Evro-2020dan chiqib ketganidan so'ng, ular Varanning bitimi bilan faolroq shug'ullanishdi.

"Real" boshida himoyachi uchun 70 million evro talab qildi, ammo "Yunayted" uni hozir taxminan 50 millionga sotib olish mumkin deb hisoblamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN