MYU va "Yuventus" o'zaro kelisha olishmayapti

Mirjalol Normatov
2 iyun 2018, 11:05
Kecha "Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian "Yuventus"ga o'tishi kerak edi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Yuventus" futbolchi uchun 12 mln evro taklif qilmoqda. Mankunianliklar esa 20 mln evro so'rashmoqda. Shu boisdan tomonlar narx borasida kelisha olishmayapti.

2017/18 yilgi mavsumda Matteo Darmian barcha turnirlarda 17 uchrashuvda qatnashdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru