MYU Son Xen Minga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2014, 18:50
"Manchester Yunayted" jamoani kuchaytirish yo'llarini izlamoqda.
Qishda "Old Trafford"ga Janubiy Koreya va Leverkuzenning "Bayer" yarim himoyachisi Son Xen Min ko'chib o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Star nashri. Osiyoning futbolchining transferi borasida boshqa hech qanday ma'lumot yo'q.

transfermarkt.de portali Son Xen Minni 14 million evroga baholamoqda.

Bu mavsumda koreyalik futbolchi Bundesliganing 13ta o'yinida 5ta gol urdi va 2ta golli pas oshirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru