MYU sobiq himoyachisi "Ispvich"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2023, 18:09
Himoyachi Aksel Tuanzebe "Ispvich" bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi klub rasmiy sayti.

25 yoshli angliyalik bilan kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi jamoaga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

Tuanzebe – "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi. Himoyachi o'tgan mavsum "Stok Siti"ga ijaraga berildi va u 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: itfc.co.uk