MYU, "Siti" va PSJ Busketsga da'vogar

Aslanov Jasurbek
3 mar 2016, 12:12
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsga Yevropaning bir nechta grandi qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" hamda PSJ bu futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi. Ular Busketsning Kataloniya klubi bilan shartnoma uzaytirish vaziyatini kuzatib bormoqda. Oldinroq Serxio faqatgina uning ayoli va Xosep Gvardiola uni boshqa klubga o'tishga ko'ndirishi mumkinligi haqida aytgan edi.

"Barselona" tez orada Busketsga shartlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es