MYU "Shtutgart" to'purariga qiziqmoqda

Mirjalol Normatov
11 iyul 2022, 23:39
"Shtutgart" to'purari Sasha Kalayjich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Sky Sport Deutschland" xabariga ko'ra, avstriyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Biroq hali tomonlar uchrashuv tashkil qilishmagan. Oldinroq ushbu hujumchiga "Bavariya" hamda Dortmundning "Borussiya"si qiziqish bildirgan, biroq hozir ular da'vogarlar qatoridan chiqqan.

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli Kalayjich jamoa tarkibida 15 o'yinda 6 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland